• AVO

  • AVO gap

  • «Ular ismimni bilishardi»: telefon firibgarlari meni aldashga urinishgani haqida

«Ular ismimni bilishardi»: telefon firibgarlari meni aldashga urinishgani haqida

Bu voqea o‘tgan yilning bahorida bo‘lgan. Ishdan charchab uyga qaytayotgandim, shunchalik holdan toygan edimki, atrofim qorong‘ilashayotganini ham sezmay qolgandim. Quloqchinlarimda musiqa yangrab turardi, xayolimda esa og‘ir ish kunidan keyin ozgina bo‘lsa ham dam olish uchun qanday film tanlash haqida o‘ylardim. Soat 19:30 larda telefonim jiringlamaguncha hammasi odatdagidek edi. Telefonga qaradim –– notanish raqam. Yana qandaydir ish taklifi bilan qo‘ng‘iroq qilishayotgandir-da, deb o‘yladim. Bu qo‘ng‘iroqlar men uchun oddiy holga aylanib qolgandi: bo‘sh ish o‘rinlari, kreditlar, reklama xabarlari –– har kuni nimadir taklif qilishadi... Hech qanday g‘alati narsani sezmadim. 

📞 Firibgar bilan birinchi suhbat 

—  Assalomu alaykum, «To‘la-Qo‘ng‘iroq qil» uyali aloqa kompaniyasidan qo‘ng‘iroq qilyapman. Shartnomangiz muddati tugaganini aytmoqchi edim. Uni uzaytirish uchun sizga SMS yuborishim kerak. Kod kelganida, uni menga aytib yuborsangiz, obunangizni yangilab beraman. Bu ko‘p vaqtingizni olmaydi.  

U shunchalik xushmuomala va chiroyli gapirardiki, menda hech qanday shubha uyg‘otmadi. Hammasi odatiy holdek tuyuldi, uning ishonch va xotirjamlik bilan gapirishi shubhaga o‘rin qoldirmadi. U yana kodni 6100 raqamiga yuborishini aytdi va men, albatta, bu raqam Uztelecom’ga tegishli ekanligini bilardim.  

Ular mening shartnomam tugayotganini qayerdan bilishadi? Umuman, kechqurun soat 8 da kim bunday narsalarga e’tibor beradi? Lekin uning muomalasi shunchalik professional ediki, men «Hammasi shunchalik oddiy bo‘lsa va ismimni bilishsa, rostdan ham ular bo‘lsa kerak», deb o‘yladim. Uzoq o‘ylab o‘tirmasdan va buning tagidan nimadir chiqishini tushunmasdan: «Mayli», dedim.  

Bir necha soniyadan keyin 1 martalik kodli SMS keldi. Hech ikkilanmay, uni aytib yubordim.  
Go‘shakni qo‘ydim, lekin ichim g‘ash edi. G‘alati edi. Lekin tashvishlanmaslikka qaror qildim. 

⚠️ Ikkinchi qo‘ng‘iroq va vahima 

Ertasi kuni menga boshqa bir odam qo‘ng‘iroq qildi. U o‘zini mahalliy banklardan birining xodimi deb tanishtirdi. U mening nomimdan boshqa qurilma orqali tizimga kirilgani va kredit rasmiylashtirishga urinish bo‘lganini aytdi. U mendan buni men qilgan-qilmaganligimni so‘radi. Shu payt kecha SMSdagi kodni aytib yuborganim esimga tushib, xavotirga tushdim. 

Men ancha vaqtdan beri bu bankning mijozi bo‘lmasam va uning xizmatlaridan foydalanmasam, qanday qilib birdaniga kredit rasmiylashtirish jarayoniga o‘tishlari mumkin, degan mantiqiy savol tug‘ildi. O‘zbekistondagi bank ilovalarida bunday operatsiyalar uchun pasport ma’lumotlari va shaxsni real vaqtda tasdiqlash uchun fotosurat talab qilinishini bilardim.  

U mantiqiy savollarimga aniq javob bera olmadi. Buning o‘rniga u yana kodni aytib yuborganim haqida takrorladi va firibgarlardan har narsani kutish mumkinligini ta’kidladi. Keyin u mendan Telegram va my.gov.uz platformasidagi faol seanslarni tekshirib ko‘rishimni so‘radi. Uning qat’iyatliligi va menga «yordam» berishga urinishlari meni shubhalantira boshladi.  

Keyin Telegram-botga o‘tishni taklif qildi. Bu juda shubhali tuyuldi va men firibgar bilan gaplashayotganimni aniq tushunib yetdim. 

🛡 Himoyalanish uchun nima qildim 

Sodir bo‘layotgan voqea firibgarlik ekanligini tushunishim bilanoq, darhol qizil tugmani bosib, quyidagilarni qildim: 

Keyin bilishimcha, men avval aytgan kod uyali aloqa kompaniyasi ilovasiga kirish uchun 1 martalik kod ekan. Bu ilovada faqat telefon raqamim, tariflarim va F. I. O. ko‘rinib turar ekan. Bu kod orqali hech qanday muhim ma’lumot olib bo‘lmas edi, lekin firibgarlarning undan foydalanishga uringani meni tashvishga soldi. 

Endi ma’lumotlarim himoyalangani va firibgarlar shaxsiy axborotimdan foydalanishmaganini aniq bilaman.    

Firibgarlar qurboniga aylanmaslik uchun nima QILMAYMAN: 

Iltimos, qarindoshlaringiz va yaqinlaringizni, ayniqsa keksalarni, bunday usullar haqida ogohlantiring — ular ko‘pincha firibgarlarning qurboniga aylanib qolishadi.

Firibgarlardan himoyalanish usullari haqida qo‘shimcha ma’lumot olish uchun quyidagi maqolalar bilan tanishib chiqishni maslahat beraman:  
Ogoh bo‘ling: firibgarlarni aniqlash usullari 
«Assalomu alaykum, sizni … kompaniyasidan bezovta qilyapmiz»

Ishonchni oqlaydigan kartani tanlang

AVO platinum — xavfsizlik, qulaylik va 50 mln so‘mgacha kredit limiti

Kartani olish

*Maqoladagi ma'lumotlar nashr etilgan vaqt uchungina amal qiladi. AVO bank ushbu ma'lumotlar kelajakda ham xuddi shunday va dolzarb bo'lib qolishiga kafolat bermaydi. Qaror qabul qilishdan oldin eng so'nggi ma'lumotlarni tekshirishingizni maslahat beramiz.

*Maqoladagi fikr — muharrirning shaxsiy fikri bo'lib, u AVO bank pozitsiyasini ko'rsatmaydi. Bank ma'lumotlar to'g'riligi va undan foydalanish oqibatlari uchun javobgarlikni o'z zimmasiga olmaydi.

*Maqolada tashqi resurslarga havolalar keltirilgan. AVO bank tashqi resurslardagi ma'lumotlar uchun javobgarlikni o'z zimmasiga olmaydi.

📖 Ta'lim
01.06.2025
10 daqiqa
Roza Kurbonova
Maqola muharriri
+998 (78) 888-78-87

Barcha savollaringizga javob beramiz va muammolarga yechim topishda yordam beramiz

Bosh sahifa

Moliya

Yangiliklar

Savol-javoblar

Bosh sahifaMoliyaYangiliklarSavol-javoblar
mobile app
Mobil ilova

Ilova sizning Android va iPhone qurilmangizda mavjud

2026,«AVO bank» AJ, 2025-yil 28-fevraldagi 83-sonli litsenziya Saytdagi ma’lumotlarning so‘nggi yangilanish sanasi: 14/03/2026

AVO kredit kartasi

Bank haqida

Internet-banking
  • Mahsulotlar
    • AVO platinum kredit kartasi
    • To'lov stikeri
    • Mikroqarz
    • AVO omonati
  • Jamoamizga qo'shiling
    • Vakansiyalar
    • IT, biznes va jarayonlar
    • Mijozlar bilan ishlash
  • Foydali ma'lumotlar
    • Tariflar
    • Sayt xaritasi
    • Aksiyalar va hamkorlar
    • Kartani chiqarish qurilmalari
    • Firibgarlik sahifalari
  • Fikr-mulohazalar
    • Savollar va javoblar
    • Murojaat yuborish
    • Fuqarolar qabuli
    • Fikr-mulohazalar
AVO gapBankomatlar

UZ

  • Qarzdorlikni so'ndirish
  • Bank haqida
+998 (78) 888-78-87
  • Kompleks bank xizmatlarini ko'rsatish shartlari

  • Foydalanish shartnomasi

  • Maxfiylik siyosati

«AVO bank» xizmatlarni shaxsiylashtirish va ulardan foydalanish sifatini yaxshilash uchun cookie fayllardan foydalanadi. Cookie fayllari veb-saytga oldingi tashriflar haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan kichik fayllardir. Agar siz cookie fayllardan foydalanishni istamasangiz, iltimos, brauzer sozlamalarini o’zgartiring.