29-oktyabrdan AVO platinum kredit kartasining tarif rejasiga kartada mablag‘ yetishmagan taqdirda xalqaro operatsiyani qayta ishlash shartlari ko‘rsatilgan 8.2-band qo‘shiladi.
Mijozlar uchun qisqacha ma'lumot:
- xalqaro operatsiya muvaffaqiyatli o‘tsa — komissiya olinmaydi;
- ketma-ket 4-muvaffaqiyatsiz urinishdan boshlab — 15 000 so‘m komissiya olinadi;
- har qanday muvaffaqiyatli operatsiyadan keyin hisob boshidan boshlanadi — yana 3 ta komissiyasiz urinish imkoniyati beriladi.
Komissiya to‘lamaslik uchun nima qilish kerak
Agar xorijiy xizmatlarga obunalaringiz yoki Mastercard orqali qilinadigan muntazam to‘lovlaringiz bo‘lsa, to‘lovdan 1–2 kun oldin kartangizni to‘ldiring yoki unda ozgina pul saqlang.
Batafsil ma’lumotni saytning «Hujjatlar» → «Mijozlar uchun» bo‘limida olishingiz mumkin.