• AVO

  • AVO gap

  • Urilgan yoki yo'q: ikkinchi qo'ldan mashina sotib olishda nimaga qarash kerak?

Urilgan yoki yo'q: ikkinchi qo'ldan mashina sotib olishda nimaga qarash kerak?

Statistikaga ko’ra, O’zbekistonda saytlar, ijtimoiy tarmoqlar yoki bozorlar orqali — masalan, Sergelida, har oy 100 000 atrofida haydalgan mashina sotiladi. Bugun ikkinchi qo’l mashinani sotib olishda nimaga ahamiyat qaratish kerakligi haqida gaplashamiz.

Birinchi, va menimcha, eng kutilmagan maslahat — avtomobilni bozordan sotib olmaslikni tavsiya qilaman. Buning nir necha sababi bor. Birinchidan, mashina-bozorlar doim transport va odamlarga to’la bo’ladi, natijada bu test-drayvni qiyinlashtirib, mashinani diqqat bilan o’rganib chiqishga halaqit beradi. Mashinani sobiq egasidan emas, olib-sotardan olish xavfi esa sizni ikki karra o’ylantirib qo’yadi.

Mashina izlashning oson va xavfsizroq yo’li — uni sayt va forumlarda izlash: olx.uz, avtoelon.uz yoki avtobor.uz. bularga misol bo’la oladi. Shunga qaramay, ba’zi qonun-qoidalarga amal qilsangiz chakki bo’lmaydi: 

Manba: https://autodegustator.com

Sizdan nimalarni yashirishadi? 

Qancha yo’l bosganligi 

Eng katta muammo va xatar ulovingizning qancha yo’l bosib o’tganligini aniqlashda bo’ladi. O’zbekistonda mashina «‎probeg»ini orqaga aylantirganlik uchun javobgarlik belgilanmagan, bu esa noinsof sotuvchilarga juda qo’l keladi.

Ba’zi mashinalarda «‎probeg» aylantirilgan yoki aylantirilmaganligini aniqlasa bo’ladi, lekin aniqlab bo’lmaydigan rusumlar ham yo’q emas, masalan Nexia 3 yoki Gentra. «‎Probeg» aylantirilgan yoki aylantirilmaganligini o’zingiz qarab bilib olishingiz qiyin, lekin mexaniklar kerakli anjomlarga ega. Aylantirilganlik belgilarini qarab topishga urinib ko’rishingiz mumkin: asboblar panelining mahkamlagichlaridagi tirnalgan izlar, original kolodkalar almashtirilganligi, rul va pedallarning eskirganligi odatda shundan darak beradi.

Manba: https://avtonovostidnya.ru

Urilgan va bo’yalgan 

Yana mashina qachondir YTHga uchragan yoki uchramaganligini ham hisobga oling. Agar mashina haqiqatdan YTHga uchragan bo’lsa — bu aslida sizga qo’l kelishi mumkin: bozorda hatto kichik avariya ham mashina narxini o’rtacha $500 ga pasaytirib yuboradi. YTH vaqtida mashina ichki detallariga zarar yetmaganligiga e'tibor berish kerak. Ba’zi kamchiliklar mashina xavfsizligi yoki chidamliligiga umuman ta’sir qilmaydi: tirnalishlar, bo’yoq ko’chishi yoki sezilmas qiyshayishlar muammosini kichik ta’mirlash yoki qismlarni o’zgartirish bilan osongina hal qilish mumkin.

Mashina bo’yog’i yangiligiga ishonch hosil qilish uchun bo’yoq qalinligini tekshiruvchi asbobdan foydalanishingiz mumkin. Asbob unchalik qimmat turmaydi, hatto 189 000 so’m turadigan modellarni ham topish mumkin (narx nashr vaqti uchun amal qiladi). Mashina haqiqatdan yangi bo’lsa, lak-bo'yoq qalinligi 80–160 mikron atrofida bo’ladi.

Quyidagi holatlarda esa mashinani sotib olishga umuman arzimaydi: 

Bunday zararlanishlardan so’ng har qanday mashina boshqaruvan chiqishi mumkin: to’g’ri yo’lda ham trayektoriyani yaxshi ushlamasligi, shinalarga turli bosim o’tkazishi va, umuman, boshqarish qiyin bo’lishi mumkin.

Manba: https://secretmag.ru

Boshqa mashina 

Ba’zida firibgarlar bitta rusumli mashinani boshqasi o’rniga sotishga harakat qilishadi. Masalan, Captiva 3’ni Captiva 4 o’rniga sotishga urinishlari mumkin. Umuman olganda, buning uchun bamperni almashtirish va tajribasi yo’q xaridorning qulog’iga uzundan-uzun lag’monni ilish kifoya.

Yolg’onga tushib qolmaslik uchun check-listga amal qiling: 

Orzuingizdagi mashina uchun pul yetmayaptimi?

AVO platinum kredit kartasini oching va 50 mln gacha limitdan foydalaning

Kartani olish

Yodda tuting: agar xarid vaqtida diqqat-e'tiborli bo’lsangiz, hatto chuv tushirishda ustasi faranglar ham sizni alday olmaydi. Shuning uchun mashinani ikkinchi qo’ldan sotib olishdan qo’rqmasangiz ham bo’laveradi: xarajatlarning bir qismini, masalan sug’urtani cho’ntagingizdan emas, AVO kredit kartasi bilan qoplashingiz mumkin — bu xaridingizni yanada qulay qiladi. 

*Maqoladagi ma'lumotlar nashr etilgan vaqt uchungina amal qiladi. AVO bank ushbu ma'lumotlar kelajakda ham xuddi shunday va dolzarb bo'lib qolishiga kafolat bermaydi. Qaror qabul qilishdan oldin eng so'nggi ma'lumotlarni tekshirishingizni maslahat beramiz.

*Maqolada tashqi resurslarga havolalar keltirilgan. AVO bank tashqi resurslardagi ma'lumotlar uchun javobgarlikni o'z zimmasiga olmaydi.

*Maqoladagi fikr — muharrirning shaxsiy fikri bo'lib, u AVO bank pozitsiyasini ko'rsatmaydi. Bank ma'lumotlar to'g'riligi va undan foydalanish oqibatlari uchun javobgarlikni o'z zimmasiga olmaydi.

*Narxlar taxminiy va faqat nashr etilgan vaqtdagina amal qiladi.

🛵 Avto va texnika
30.07.2024
10 daqiqa
Said Nazrillayev
Maqola muharriri
+998 (78) 888-78-87

Barcha savollaringizga javob beramiz va muammolarga yechim topishda yordam beramiz

AVO kredit kartasi

Bank haqida

Internet-banking
  • Mahsulotlar
    • AVO platinum kredit kartasi
    • To'lov stikeri
    • Mikroqarz
    • AVO omonati
  • Jamoamizga qo'shiling
    • Vakansiyalar
    • IT, biznes va jarayonlar
    • Mijozlar bilan ishlash
  • Foydali ma'lumotlar
    • Tariflar
    • Sayt xaritasi
    • Aksiyalar va hamkorlar
    • Kartani chiqarish qurilmalari
    • Firibgarlik sahifalari
  • Fikr-mulohazalar
    • Savollar va javoblar
    • Murojaat yuborish
    • Fuqarolar qabuli
    • Fikr-mulohazalar

Bosh sahifa

Moliya

Yangiliklar

Savol-javoblar

Bosh sahifaMoliyaYangiliklarSavol-javoblar
AVO gapBankomatlar

UZ

  • Qarzdorlikni so'ndirish
  • Bank haqida
+998 (78) 888-78-87
mobile app
Mobil ilova

Ilova sizning Android va iPhone qurilmangizda mavjud

2026,«AVO bank» AJ, 2025-yil 28-fevraldagi 83-sonli litsenziya Saytdagi ma’lumotlarning so‘nggi yangilanish sanasi: 07/03/2026

  • Kompleks bank xizmatlarini ko'rsatish shartlari

  • Foydalanish shartnomasi

  • Maxfiylik siyosati

«AVO bank» xizmatlarni shaxsiylashtirish va ulardan foydalanish sifatini yaxshilash uchun cookie fayllardan foydalanadi. Cookie fayllari veb-saytga oldingi tashriflar haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan kichik fayllardir. Agar siz cookie fayllardan foydalanishni istamasangiz, iltimos, brauzer sozlamalarini o’zgartiring.